Lamborghini Huracán LP 610-4 t

Bugundan, ya'ni yangi 2011-yilning 1-kunidan boshlab sayt administratsiyasida o'zgarish amalga oshirildi. Bu saytni ochib, muxlislar e'tiborini qozona olgan Doniyor Ne'matov o'rniga uning adashi, ukadek qadrdoni bo'lib qolgan men, ya'ni Doniyor Nazirov saytni bundan buyog'iga qo'ldan kelgancha boshqaraman. D.Ne'matovning ish va o'qishlari ko'payib ketgani bois bu saytni men boshqarishimni so'radilar. Men esa o'ylab o'tirmasdan rozi bo'ldim. D.Ne'matov ham bu saytdan ketmaydilar. Ular menga o'z yordamlarini ayamashlarini, "PAXTAKOR" MUXLISLARI SAYTIda birga ish olib borishimizani aytdilar. Xullas, bu saytni siz aziz, qadrli muxlislar bilan birga rivojlantiramiz. "PAXTAKOR" jamoamizdan esa bundan buyog'iga faqat va faqat oliy o'rinlarni olishini tilab qolamiz. Barchangizga yangi 2011-yil muborak bo'lsin! "PAXTAKOR"ga esa 2011-yilgi mavsum omadli kelgan bo'lsin! Biz bilan birga bo'ling!
586